
Rossiyaning Ijevsk shahrida ishlab chiqarilgan yangilangan Lada Largus modeli avvalgi versiyaga nisbatan sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Bu haqda Auto nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, avtomobildan rul va o‘rindiqlar isitkichi, USB-portlar, shift tokchasi, tuman chiroqlari va orqa yo‘lovchilar uchun derazalar olib tashlandi. Asosiy komplektatsiyada audio tizim yo‘q, eng qimmat versiyasida esa EnjoY Pro sensorli ekrani o‘rnatilgan.

Shuningdek, test haydovchilarini avtomobilning tormoz tizimi xavotirga soldi. Sovuq asfalt yuzasida ABS tizimi kutilmaganda to‘g‘ri ishlamay mashina sirpanib ketgan.
Yangi Lada Largus kamroq qulaylik va shubhali tormoz tizimi bilan avvalgi modeldan farq qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «AvtoVAZ» Lada Niva Travel Classic’24 avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi.