
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar oyida xorijga qiymati $3,2 millionlik 9,4 ming tonna karam eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mahsulot eng ko‘p Rossiya (3,7 ming tonna), Qozog‘iston (4,4 ming tonna) va Qirg‘izistonga (1,1 ming tonna) eksport qilingan.
Ma’lumot uchun, karam eksporti oʻtgan yilning yanvar oyida $7 mln qiymatdagi 29,1 ming tonnani tashkil qilgan. Bu yilgi ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 67,8 foizga, pul qiymatida esa $3,8 millionga pastlaganini ko‘rish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, «Kursiv» Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini $81,7 millionga oshirgani haqida yozgan edi.