O‘zbekistonda yanvar oyida 7,3 mingta yangi korxona tashkil etildi

eʼlon qilindi
Ularning asosiy qismi savdo sohasida faoliyat yuritadi
Foto: Pexels.com

2025-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan korxonalar soni 7,3 mingtadan oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Yangi tashkil etilgan korxonalar soni o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga yoki 1,1 mingtaga oshdi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p korxona Toshkent shahri (1,5 mingta), Farg‘ona (751 ta) va Samarqand (642 ta) viloyatlarida ro‘yxatga olindi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p yangi korxonalar savdo (2,4 mingta), sog‘liqni saqlash (1,1 mingta) va sanoat (715 ta) sohalarida ochilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Samarqandda Xitoy kompaniyasi $15 mlnlik korxona tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek