Yangiliklar

27-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Pexels,com

Respublikaning ko‘p hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ammo ayrim joylarda tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi esa 3-5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘onada esa harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘lishi kuzatiladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa sovuq yana biroz ushlanib turadi: kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi esa -3 dan +2 darajagacha bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kun davomida harorat 2-8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryoda esa yanada yoqimli ob-havo hukm suradi – kunduzi 5-10 daraja iliq.

Tog‘li hududlarda esa sovuq vaqti-vaqti bilan yog‘ayotgan qor bilan birga davom etadi. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Shamol asosan sharqdan esadi, biroq ayrim hududlarda yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirishi mumkin.