28-fevral O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Pexels.com

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 1-3° sovuq, kunduzi 6-8° iliq bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Shamol ba’zi hududlarda 20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 2-7° iliq.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida biroz yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 2° sovuq -3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq.

Qashqadaryo va Surxondaryoda biroz yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq.

Andijon, Namangan va Farg‘onada ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq.

Tog‘li hududlarda qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek