
Angren shahrida jamoat transporti yanada qulay va zamonaviylariga yangilanmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Angren Avto Group» MCHJ tomonidan Xitoydan 15 ta Yutong rusumli avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Ushbu avtobuslar bank krediti asosida olib kelinib, tez orada aholi xizmatiga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga yana mingta Yutong avtobuslari olib kelinishi haqida yozgan edik.