AQSh sudi Tramp ma’muriyatiga USAID yordamini tiklashni buyurdi

AQSh sudi prezident Donald Tramp ma’muriyatiga ikki kun ichida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali ajratiladigan xorijiy yordamni qayta tiklash majburiyatini yukladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hukm USAIDʼning barcha dasturlarini moliyalashtirishni toʻxtatishga qarshi da’vo boʻyicha Kolumbiya okrugi sudida boʻlib oʻtgan eshituv natijalariga koʻra chiqarildi. Okrug sudyasi Amir Aliga koʻra, rasmiylar blokdan chiqarish toʻgʻrisidagi avvalgi qarorni bajarmagan.
Sudga shikoyat notijorat tashkilotlari tomonidan kiritilgan. Ular USAID va davlat departamenti orqali xorijga koʻrsatiladigan yordamning toʻxtatilishiga qarshi chiqmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Amerika prezidentligiga qayta saylangan Donald Tramp oʻz lavozimiga kirishganidan soʻng USAID yordamini 90 kunga muzlatib qoʻygan edi.
Xorijda ishlovchi nodavlat tashkilotlari va federal mablagʻ oladigan bizneslar bu federal qonunni buzishini va zaruriy hayotiy yordam koʻrsatishni cheklaganini ta’kidladi.
Davlat kotibi Marko Rubio fevral oyi oxirida davlat departamenti va USAID tomonidan moliyalashtiriladigan AQShning barcha xorijiy yordamini toʻxtatdi.
USAIDga koʻra, hukumat ularga toʻlanishi kerak boʻlgan yuzlab million dollarni bermayapti. Bu esa oʻn minglab xodimlarni ishdan boʻshatishga olib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh hukumatning samaradorlik departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask USAID menejerlari bilan bogʻliq muammolar tufayli xodimlar «ma’muriy ta’tilga chiqarilganini» aytgani haqida yozgan edi.