
Savdo-sanoat palatasi hamda xalqaro «Better Cotton» tashkiloti vakillari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekistonda paxta yetishtirish sohasida barqarorlikni ta’minlash, fermerlarni ilg‘or agrotexnologiyalarga o‘rgatish va tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi. «Better Cotton» tashkiloti vakillari mamlakatda 2022-yildan buyon faoliyat yuritayotganliklarini va shu kungacha 9 ta paxta klasteriga xalqaro sertifikat olishda yordam berilganini ta’kidlashdi.
Tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirishga va O‘zbekiston paxtasini global miqyosda yanada raqobatbardosh qilishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar O‘zbekistondagi IT startaplarga moliyaviy ko‘maklashishi haqida yozgan edik.