Yangiliklar

Donald Tramp Yevropa Ittifoqi tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etilishini ma’lum qildi

Yevrokomissiya bunday qadamga «qattiq va zudlik bilan javob» berilishini va’da qildi
Foto: Depositphotos.com

AQSh yaqinda Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik bojlar joriy qiladi. Bu haqda 26-fevral, chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bayonot berdi.

«Biz bu boʻyicha qaror qabul qildik va buni tez orada e’lon qilamiz. Umuman olganda, bu 25 foizni bildiradi. Bu avtomobillar va shunga oʻxshash narsalar uchun joriy etiladi», – degan u.

Yevropa Ittifoqida yengil avtomobillar uchun 10 foiz boj mavjud. Bu AQSh tariflaridan toʻrt baravar yuqori. Amalda Amerikada Yevropa tovarlari uchun 2,5 foiz miqdorda boj mavjud.

Yevropa Ittifoqi Trampning tanqidini rad etdi. Yevrokomissiya vakili Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng yirik erkin bozor ekanini va bu AQSh uchun ham foydali bo‘lganini ta’kidladi.

«Yevropa Ittifoqi erkin va adolatli savdo yoʻlidagi asossiz toʻsiqlarga, shu jumladan, qonuniy va kamsituvchi siyosatga qarshi chiqish uchun tariflar qoʻllanilgan hollarda, qat’iy va tezkor javob beradi», – degan Yevropa Komissiyasi vakili.

Avvalroq Kanada AQShga qarshi boj choralarini joriy qilishi haqida yozgan edik.