Ilon Mask va uning kompaniyalari AQShdan $38 milliard olgani aytilmoqda

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask va uning kompaniyalari mamlakatdan davlat shartnomalari, kreditlar, subsidiyalar hamda soliq imtiyozlari shaklida kamida $38 milliard olgani aniqlandi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Manbalarga koʻra, ushbu mablagʻning uchdan ikki qismi soʻnggi besh yilda ajratilgan. Faqatgina 2024-yilda Mask kompaniyalari $6,3 milliard davlat yordami olgan. Jami ajratilgan mablagʻ esa bundan ham koʻproq boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Ilon Mask va Donald Tramp ma’muriyati hukumat xarajatlarini qisqartirish va davlat idoralarining samaradorligini oshirish maqsadida federal xodimlardan oʻz ish natijalari haqida hisobot talab qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask oʻzining haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.