Yangiliklar

Musiqa madaniyati o‘qituvchilari yangi tizimda malaka oshiradi

2025-yil 1-martdan boshlab
Foto: Xalq ta’limi

Endilikda musiqiy ta’lim sifatini oshirish maqsadida musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun nazariya va amaliyot uyg‘unlashgan holda malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ta’lim dasturining nazariy qismi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududiy pedagogik markazlarda, amaliy qismi esa bolalar musiqa va san’at maktablarida tashkil etiladi. Ushbu markazlarga ishga qabul qilinadigan o‘qituvchilarga soatbay asosda ish haqi to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabat tartibga solinishi haqida yozgan edik.