UzAirways Toshkentdan Myunxenga bo‘ladigan parvozni bekor qildi
eʼlon qilindi
Reys bekor qilinishi sababi ochiqlanmagan

Uzbekistan Airways kompaniyasining 28-fevral kungi Toshkent – Myunxen – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha reysi bekor qilindi. Bu haqda UzAirways xabar bermoqda.
Myunxen aeroportdan olingan xabarga koʻra, 28-fevral kungi reys bekor qilindi. Yoʻlovchilar 2-mart kuni rejalashtirilgan reysga qayta bron qilishi yoki aviakompaniyaning Germaniyadagi boshqa rejalariga oʻzgartirishi mumkin.
Shuningdek, mablagʻni qaytarish imkoniyati ham taqdim etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Olmaotaga parvozlarni yoʻlga qoʻyishi haqida yozgan edi.