O‘zbekistonda Changan va Deepal avtomobillari ishlab chiqariladi

eʼlon qilindi
Central Asia Motors Co zavodida
Foto: Autogarage

Runking Motor Co. Ltd O‘zbekistonda Changan va Deepal avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Autostrada nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarish Deepal S07, S05 hamda Changan Nevo Q05 va A05 modellari narxini pasaytirishi kutilmoqda. Hozirda Deepal S07 avtomobili $27 ming turadi.

Loyiha tashabbuskori 2024-yilda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Runking Motor Co. Ltd kompaniyasi bo‘lib, ishlab chiqarish Central Asia Motors Co zavodida yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangilangan Lada Largus modelida bir qancha kamchiliklar aniqlangan edi. 

Shuningdek