Yangiliklar

O‘zbekistonda ov mavsumi yopilmoqda

1-martdan boshlab
Foto: Ekologiya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, 1-martdan 15-avgustgacha ov mavsumi yopiladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Bu davrda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat’iyan taqiqlanadi. Qoidabuzarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.

Vazirlik fuqarolardan tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni so‘rab, noqonuniy ov holatlari haqida 1157, 1207, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 raqamlariga yoki ecogovuz_bot telegram botiga xabar berishlarini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noqonuniy ovchilar 50 million so‘mdan ortiq jarimaga tortilgan edi.