O‘zbekistonliklar Germaniyaga o‘qish va ishlash uchun taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Stipendiya 800-900 yevro
Photo: fb.com/olmoniya

Germaniyaning «Simson Private gGMBH» kompaniyasi o‘zbekistonliklarga kasbiy ta’lim olish va ishlash bo‘yicha 61 ta bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Maktab yoki texnikumni tugatgan, 18–35 yosh oralig‘idagi nomzodlar nemis tilini B1 darajasida bilishi va xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Ausbildung dasturi 3 yil davom etadi. Haftasiga 5 kun, 35–40 soat ishlash mumkin. Bunda qabul qilinganlar 30% nazariy bilim olishadi va 70% amaliyotda qatnashadi.

Stipendiya miqdori 800–900 yevroni tashkil etadi. Ishga qabul qilinganlar viza to‘lovi (90 yevro), aviachipta (400–450 yevro atrofida), agentlik to‘lovi (2 BHM), ovqatlanish hamda turar–joy xarajatlarini mustaqil qoplaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish va anketa to‘ldirish uchun: xorijdaish.uz

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Latviya yuk mashinasi haydovchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek