Yangiliklar

Qatar O‘zbeksitondagi IT startaplarga moliyaviy ko‘maklashadi

IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha yana boshqa rejalar tuzish ham ko‘zda tutilgan
Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Qatarga tashrifi davomida Invest Qatar agentligi rahbari Shayx Ali Al-Valid Al-Tani bilan hamkorlik masalalarida uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar IT mutaxassislarini tayyorlash, startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qatar IT masalalari bo‘yicha hamkorlik kelishuvini imzoladi. Ushbu bitim raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasida aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Invest Qatar 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qatarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar BAAda tadbirkorlik bo‘yicha ta’lim olishlari mumkinligi haqida yozgan edik.