
Joriy yil yanvar oyida respublika eksporti tarkibida eng yuqori ulush Toshkent shahriga toʻgʻri keldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Poytaxt eksport hajmi umumiy eksportning 28,2 foizini yoki $269,1 millionni tashkil etdi. Shuningdek, kuchli beshlikka Toshkent viloyati – $128 mln (9,8%), Navoiy viloyati $87,6 mln (6,7%), Surxondaryo viloyati $68,3 mln (5,2%) va Samarqand viloyati $64,7 mln (4,9%) kirdi.
Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eng kam pasayish Xorazm viloyatiga to‘g‘ri keladi. Viloyat eksport salohiyati 38 foizga yoki $10,5 mlnga kamayganini koʻrish mumkin. Eng past eksport hajmi Jizzax viloyatida qayd etilib, viloyat respublika umumiy eksportining 0,9 foizini yoki $11 millionni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, eksport hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,1 foizga koʻpaydi. Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish, shuningdek, maxsus eksport va safarlar boʻyicha rasmiy statistik ma’lumotlar respublika viloyatlari boʻyicha taqsimlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston yanvar oyida qancha anor eksport qilgani haqida yozgan edi.