Rasman O‘zbekistonda Ramazon 1-martdan boshlanadi

O‘zbekistonda muborak Ramazon oyini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hujjatda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2025-yilda Ramazon 1-martdan boshlanishi belgilandi. Hududiy hokimliklar, ijtimoiy tashkilotlar va mahallalar hamkorligida saxovat tadbirlari o‘tkaziladi. Oila rishtalarini mustahkamlash, yoshlarni ilm-ma’rifatga rag‘batlantirish va atrof-muhitni asrashga alohida urg‘u beriladi.
Ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyiga oid tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi. Qaror ijrosi hukumat va prezident maslahatchisi nazoratida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda Ramazon oyi qachondan boshlanishi ma’lum qilingan edi.