Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkin

eʼlon qilindi
Shu paytgacha noqonuniy faoliyat olib borgan
Foto: Temu.com

2024-yildan boshlab O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan Temu Marketpleysi mamlakatda bloklanishi mumkin. Bu haqda ILMAning Elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyev yil yakunlariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.

«Noqonuniy faoliyat olib borayotgan Temu onlayn platformasi O‘zbekistonda faoliyat olib borish uchun litsenziya olish borasida O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga murojaat qilmadi. Shu sababli yaqin orada bu platforma bloklanishi mumkin», – deydi u.

Shuningdek, Temu o‘tgan yili qariyb $10 mlrd mablag‘ni marketing uchun sarflagani qo‘shimcha qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan shubhali ish takliflari: firibgarlar Temu nomidan daromad va’da qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek