
Toshkent aholisi poytaxt havosining yuqori darajada ifloslanishidan ogohlantiriladi. Bu haqda Sputnik Uzbekiston matbuot markazida boʻlib oʻtgan anjumanda davlat ekologik ekspertiza markazi direktori oʻrinbosari Vyacheslav Shi-Syan maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda havoning oʻta yuqori ifloslanishi haqida ogohlantirish tizimi ishlab chiqilmoqda.
«Tez orada har bir smartfon atmosferadagi zararli moddalar darajasi haqidagi maʼlumotlarga ega boʻladi», – deya qoʻshimcha qilgan u.
IQAir agentligining soat 16:15 holatidagi ma’lumotiga koʻra, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi me’yordan 9,3 baravarga oshgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda ov mavsumi yopilishi haqida yozgan edi.