Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Turkiyaning diplomatik missiyasini Ufuk Ulutash olib boradi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Ufuk Ulutashdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Vazir elchi bilan ikki tomonlama sheriklik, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashgan.

Ma’lumot uchun, Ufuk Ulutash Turkiya tashqi ishlar vazirligiga qarashli Strategik tadqiqotlar markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. U Ogayo shtati universitetida tarix fanidan dars bergan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Erdogʻanni tavallud kuni bilan tabriklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek