Diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabat tartibga solinadi

O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosatini tartibga solish bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 25-fevralda tasdiqlangan ushbu konsepsiya fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini himoya qilish, davlatning dunyoviyligiga oid konstitutsiyaviy tamoyillarni amalga oshirish hamda diniy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan.
Konsepsiya O‘zbekistonning boy tarixiy tajribasi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, turli millat va konfessiyalarning tinch-totuv yashashini ta’minlash, demokratiya, tenglik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi hujjatning asosiy maqsadi – fuqarolarning vijdon erkinligi huquqlarini teng sharoitda ta’minlash, diniy tashkilotlar o‘rtasida hurmat va hamjihatlikni rivojlantirish, konfessiyalararo totuvlik va jamiyatda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq taqiqlangan materiallarning yangi ro‘yxati e’lon qilingan edi.