15 million so‘mgacha maosh: «Yangi Toshkent» 10 mingga yaqin quruvchilarni ishga taklif qilmoqda
eʼlon qilindi
Yotoqxona, maxsus kiyim-kechak, transport va uch mahal issiq ovqat bilan ham ta’minlanadi

20 ming gektar maydonda bunyod etilayotgan «Yangi Toshkent» loyihasi doirasida qurilish sohasi mutaxassislari uchun ish o‘rinlari taklif etilmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra betonchi, payvandchi, santexnik, g‘isht teruvchi, elektrik, suvoqchi kabi 38 ta yo‘nalish bo‘yicha 10 mingga yaqin ishchilar jalb qilinadi.
Oylik maosh 8 – 15 million so‘mni tashkil etadi. Ishchilar yotoqxona, maxsus kiyim-kechak, transport va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latviya yuk mashinasi haydovchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilgan edi.