Yangiliklar

«17,5 mln so‘m oling» mazmunidagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda

Ishonchsiz manbalarga shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang
Firibgarlikning yangi turi aniqlandi
«17,5 mln so‘m oling» mazmunidagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda / foto: Cyber102

Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram messenjeridagi turli kanal va guruhlarda yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda. Ularda go‘yoki «Kriptovalyuta Savdosi O‘zbekisonuz» kanali orqali 17,5 mln so‘m olish mumkinligi ta’kidlanib, foydalanuvchilardan havolaga o‘tish so‘ralmoqda. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.

«Bu xabarlar haqiqatga mos kelmaydi va firibgarlik sxemalaridan biri hisoblanadi. Bunday havolalar orqali kiberjinoyatchilar shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishi yoki moliyaviy zarar yetkazishi mumkin», – deyiladi Kiberxavfsizlik xabarida.

Shubhali havolalarga o‘tishdan va ishonchsiz manbalarga shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishdan ehtiyot bo‘lish tavsiya qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kreditni 0% bilan olish mumkinligi haqiqatga mos kelmasligi haqida xabar bergan edi.