
Oʻtgan bir yil ichida Oʻzbekiston tovar xom-ashyo birjasi birja savdolari orqali 2912,1 kg oltin va kumush sotgan. Bu haqda OʻzRTXB axborot xizmati maʼlum qilmoqda.
Birja orqali 2535,1 kg oltin , 377 kg kumush sotilgan. Oltin va kumushning birja kotirovkasi mos ravishda 1 gramm uchun 977,5 ming soʻm va 11325,2 soʻmni tashkil etgan.
Birja bozorida «Olmaliq KMK» AJ va «Navoiy KMK» AJ qimmatbaho metallarni sotuvchilari sifatida ishtirok etmoqda.
Hozirda oltinning 1 unsiyasi uchun Londonning qimmatbaho metallar bozori uyushmasining fiksing narxi 2 931,9 AQSH dollarni belgilagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o’zbek zargarlari qanday qilib 2023-yilda ishlab chiqarish hajmini 70 % oshirmoqchi ekanligi haqida yozgan edi.