Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

eʼlon qilindi
Hukumatning 127-sonli qaroriga binoan
Foto: Asia-Times.org

Transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini (VIN) shakllantirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglament asosida amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz platformasi orqali ko‘rsatiladigan ushbu xizmat doirasida VIN kodini shakllantirishga O‘zbekiston standartlar instituti mas’ul hisoblanadi.

VIN kodi uch qismdan iborat: ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI), tavsiflovchi qism (VDS) va ko‘rsatuvchi qism (VIS).

Ma’lumot uchun, VIN kodi transport vositalarini aniqlash va identifikatsiya qilish uchun muhim texnik belgilar kombinatsiyasidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston havo kemalari endi «UK» belgisi bilan parvoz qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek