Diyora Keldiyorova dzyudo sport klubi ochildi
eʼlon qilindi
Toshkent shahridagi 17-maktabda

«Parij – 2024» Olimpiya oʻyinlari chempioni Diyora Keldiyorova dzyudo sport klubi faoliyatini boshladi. Bu haqda MOQ ma’lum qildi.

Poytaxtdagi 17-maktabda klub zalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Xalqaro dzyudo federatsiyasi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Rasmiylar yurtimizda dzyudo rivojiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, ushbu klubdan kelajakda yangi chempionlar yetishib chiqishini tilab qolishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagan edi.