Yangiliklar

Fermerlar uchun dizel narxi oshish chegarasi 5 foiz qilib belgilandi

Raqobat qo‘mitasi respublika tovar xom-ashyo birjasiga ko‘rsatma yubordi
Ekin mavsumida dizel yoqilg‘isi narxining barqarorligi ta’minlanadi/ Foto: Depositphotos.com

Ekin mavsumida fermer xoʻjaliklari uchun 26-fevraldan boshlab birjada tashkil etilgan savdo seksiyasida sotiladigan dizel narxi birja savdosidagi narxiga nisbatan oʻsish chegarasi eng koʻpi bilan 5 foizgacha etib belgilandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi matbuot kotibi Otabek Usmanov xabar qilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan Respublika tovar xom-ashyo birjasiga (O‘zRTXB) koʻrsatma yuborilgan. Yangi qoida dizel yoqilg‘isi narxining barqarorligini saqlash maqsadida joriy etilgan.

Statistika agentligi bergan ma’lumotga koʻra, yanvar oyida 33,3 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33,2 foiziga yoki 17 ming tonnaga kam.

Ayni paytda O‘zRTXBda dizel yoqilgʻisining bir tonna narxi 13,28 mln soʻm etib belgilangan. Chakana savdoda bir litr dizel narxi 12 ming soʻm atrofida boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Namanganda ovqatlanish shoxobchasi 580 million soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilgani haqida yozgan edi.