Yangiliklar

Haydovchilar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida litsenziya varaqasi bilan faoliyat olib boradi

Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi
Haydovchilar o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga kiritiladi
Endi haydovchilar ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat olib boradi/ Foto: Depositphotos.com

Yengil avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin boʻlgan xizmatlar roʻyxatiga kiritildi. Bu faoliyat shaharda, shahar atrofida va shaharlararo litsenziya varaqasi bilan amalga oshiriladi. Bu haqda tegishli qarorda ma’lum qilingan.

Joriy yil 1-apreldan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda belgilangan soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda ish yangi tartibda koʻriladi.

Tadbirkor soliq organi tomonidan birinchi marta ogohlantiriladi. Undan soʻng uch kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani aniqlanganda sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazishga asos boʻlishi mumkin. Shuningdek, sayyor soliq tekshiruvini 24 soat ichida «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida roʻyxatga olish orqali biznes-ombudsmanini xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri xalqaro marketpleyslar Oʻzbekistonda 160 mlrd soʻm soliq toʻlagani haqida yozgan edi.