Ingliz tili AQShda rasmiy til sifatida belgilanmoqda

eʼlon qilindi
30 dan ortiq shtatlarda allaqachon tan olgan
Foto: NBC News

Donald Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tili sifatida belgilovchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda AP axborot agentligi ma’lum qildi.

Oq uyning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qaror hukumat va federal mablag‘ oluvchi tashkilotlarga hujjat va xizmatlarni faqat ingliz tilida taqdim qilish yoki boshqa tillarda ham davom ettirish bo‘yicha tanlov imkoniyatini beradi.

Farmon Bill Klinton davrida joriy etilgan, ingliz tilida so‘zlashmaydigan fuqarolarga til bo‘yicha yordam ko‘rsatish talabini bekor qiladi. Oq uy bu qaror davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish va milliy birlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Hozirgacha AQShning 30 dan ortiq shtatlari ingliz tilini rasmiy til sifatida tan olgan. Kongressda ham shu masalada turli qonun loyihalari taqdim etilgan, ammo ular qabul qilinmagan.

Tramp prezidentligi davrida Oq uy veb-saytidan ispan tilidagi versiya olib tashlangan edi. U Jo Bayden prezident bo‘lgandan so‘ng qayta tiklandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Yevropa Ittifoqi tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etishini ma’lum qilgan edik.

Shuningdek