Gadjetlar

IPhone 16e boshqa modellar bilan taqqoslandi

IPhone 16e ga nisbatan xorijda qanday fikrlashmoqda
IPhone 16e boshqa modellar bilan taqqoslandi/ Foto: Tom’s Guide / John Velasco

Xorijiy ommaviy axborot vositalari iPhone 16e smartfonining sotuvlari boshlanishiga ikki kun qolganida tanqidiy sharhlarini e’lon qildi.

The Verge nashri qurilmaga 10 balldan 7 ball berdi. Tahririyat qurilmada MagSafeʼning yoʻqligidan norozi. Bu tizim 12-seriyadan beri barcha iPhone bu funksiyani qoʻllab-quvvatlagan. Apple kompaniyasining C1 modemi xuddi Qualcomm modemi kabi ishlaydi va batareyaning ishlash muddati sezilarli darajada oshiradi. Ular modelni puliga arzimasligini yozgan.

Foto: Kod.ru

Wired nashri boshqa qurilmalarni qidirish uchun UWB chipining yoʻqligi va 60 Gts yangilanish tezligi yoqmaganini qayd etgan.

Jurnalistlarning aksariyati shunday xulosaga keldi: iPhone 16e besh yil oldin chiqarilgan smartfonlardan foydalanayotganlar uchun mos keladi, ya’ni yangi qurilma iPhone 11 va undan eski modellarga ega foydalanuvchilar uchun mantiqiy tanlov bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Indoneziya iPhone 16 sotuviga qoʻyilgan taqiqni bekor qilgani haqida yozgan edi.