Xususiy sektorga 11 ta davlat xizmatlari beriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi
Фото: сайт портала госуслуг

Shu yilning iyul oyidan boshlab xususiy sektorga 11 turdagi davlat xizmati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Prezident qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslar tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, xususiy uy-joy qurilishi va ta’mirlash ishlarini nazorat qilish, gidlarga malaka sertifikatlarini berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, xususiy korxonalarga karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish va rieltorlarning malaka imtihonlarini o‘tkazishga ham ruxsat beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan haydovchilar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida litsenziya varaqasi bilan faoliyat olib borishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek