
Daryo transporti sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yangi qulaylik joriy etildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, endilikda kemalarni ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish uchun arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz hamda Transport nazorati inspeksiyasining rasmiy sayti uztn.uz orqali topshirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq telefonni bojxona orqali qanday olib kirish va UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinligi to‘g‘risida yo‘riqnoma tayyorlagan edik.