Sport

«Manchester Siti»da eng zo’ri kim

Klubning rasmiy sahifasida ovoz berishingiz mumkin
"Manchester Siti"da eng zo'ri kim
«Manchester Siti»da eng zo’ri kim / Foto: manchestercity.com

«Manchester Siti»ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi.

So’nggi turlarda juda yaxshi o’yini bilan mutaxassislar e’tiboriga tushgan «shaharliklar»ning o’zbek himoyachisi Abduqodir Husanov fevral oyida bir qator o’yinlarda maydonda harakat qildi. Dastlab Angliya Liga kubogi 4-raundi doirasida «Manchester Siti» safarda «Leyton Orient»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi va ushbu o’yinda Husanov dastlabki golini urishga muvaffaq bo’lgan edi. Mazkur uchrashuvdan keyin u Liga kubogi tur ramziy jamoasiga kiritilgan edi.

Angliya Premyer ligasining 25-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Nyukasl» ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan va unda Husanov maydonda to‘liq daqiqalarda harakat qilgan edi.

Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» jamoasini qabul qilib, yirik hisobda magʻlub bo’lganiga qaramay, ushbu o’yinda o’zbek himoyachisi ancha ishonchli harakat qilib, jamoadoshlaridan yuqoriroq ball olgan.

Angliya Premyer ligasining 26-tur doirasidagi markaziy bahsda «Manchester Siti» o‘z uyida «Liverpul»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Ammo bu uchrashuvda ham Abduqodir Husanov himoyachilar orasida eng ko’p ball yig‘a oldi.

«Totenhem»ga qarshi kechgan 27-tur uchrashuvida ham Husanov juda samarali hakatlarni amalga oshirdi va raqibning juda ko’plab hujumlarini qaytarib qoldi.

Abduqodir Husanovga «Manchester Siti»ning rasmiy saytida e’lon qilgan so’rovnomasida ovoz berishingiz mukin. Shuningdek, boshqa nomzodlarga ham ovoz berish imkoniyati mavjud.