Mo‘g‘ulistonning «Hunnu Air» aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
2025-yilning ikkinchi yarmidan boshlab
Foto: Aviapages.ru

«Uzbekistan Airports» kompaniyasi Mo‘g‘ulistonning «Hunnu Air» aviakompaniyasi bilan hamkorlik masalasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda Toshkent – Ulan-Bator yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati muhokama qilindi.

Aviakompaniya 2025-yilning ikkinchi yarmida parvozlarni boshlashni rejalashtirmoqda. Dastlabki rejaga ko‘ra, reyslar Embraer 190 samolyotlarida amalga oshiriladi. «Hunnu Air» 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ichki va xalqaro qatnovlarni bajaruvchi xususiy aviakompaniya hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air Arabia 27-dekabrdan Toshkentdan Ras al-Xaymaga toʻgʻridan toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyishi haqida yozgan edik.

Shuningdek