O‘zbekiston va Rossiya qurilish sohasida hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Sohadagi ekspertiza va davlat xaridlari bo‘yicha ham
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hukumati Raisi Mixail Mishustinning salomi va ezgu tilaklari yetkazildi.

Tomonlar qurilish sohasida hamkorlikni kengaytirish, infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, qurilish materiallari yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, ulushli qurilish, loyihalashtirish, ekspertiza va davlat xaridlari bo‘yicha tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagan edi.

Shuningdek