Dollarning rasmiy kursi 3-martdan yana ko‘tariladi

eʼlon qilindi
12,70 so‘mga oshadi
Фото: Pixabay

3-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 12,70 so‘mga oshib, 12 890,07 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 815 – 12 870 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 885 – 12 940 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 101,40 so‘mga tushib, 13 400,52 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 1,71 so‘mga tushib, 146,46 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.   

Shuningdek