Porsche Macan Turbo Electric taqdim etildi

28-fevral 2025 16:35 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Porsche Macan Turbo Electric
Porsche Macan Turbo Electric taqdim etildi / Foto: porsche.com

Porsche kompaniyasi Macan elektromobilining ikkinchi avlodini rasmiy ravishda namoyish qildi. 2024-yil may oyida Leyptsig zavodida ishlab chiqarish boshlangan ushbu model Audi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Premium Platform Electric (PPE) platformasida qurilgan. Bu haqda 32cars nashri ma’lum qildi.

Salonda uchta displey o‘rnatilgan: 12,6 dyuymli egilgan asboblar paneli, 10,9 dyuymli markaziy ekran va old yo‘lovchi uchun yana bir 10,9 dyuymli displey. Model to‘rtta versiyada taqdim etiladi: Macan Electric, Macan 4 Electric, Macan 4S Electric va eng kuchli Macan Turbo Electric.

Macan Turbo Electric’ning yuqori darajadagi konfiguratsiyasi umumiy quvvati 639 ot kuchiga ega ikkita elektromotorga ega bo‘lib, 1130 Nm aylanish momenti bilan 3,3 soniyada 100 km/soat tezlikka erishish imkonini beradi. WLTP sikliga ko‘ra, avtomobil bir marta zaryad bilan 612 km masofa bosishi mumkin. 100 kVt/soat sig‘imli akkumulyator 270 kVtgacha tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlab, 21 daqiqada 10 foizdan 80 foizgacha quvvat olishi mumkin.

Macan Turbo Electric sport avtomobillariga xos dinamikani saqlab qolgan holda, krossover amaliyligini ham ta’minlaydi. Model 540 litr sig‘imli asosiy yukxona va old qismda qo‘shimcha 84 litrli bo‘lim bilan jihozlangan. Ushbu elektromobil Porsche an’analarini davom ettirib, yuqori texnologiyalar va sport ruhiyatini o‘zida mujassam etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Porsche SE Volkswagen aksiyalari narxining pasayishini kutayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek