Toshkentda taroveh namozi vaqtida ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

Muqaddas Ramazon oyi kechalarida taroveh namozi o‘qiladigan masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar 28-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha amal qiladi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Toshkent shahrining quyidagi tumanlarida transport harakati cheklanadi:
Mirzo Ulug‘bek tumani: Tepa masjidi atrofida Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.
Bektemir tumani: Alibek masjidi atrofida M.Avezov ko‘chasidan H.Boyqaro ko‘chasiga qadar.
Yashnobod tumani:
- Islom ota masjidi atrofida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.
- Ali ibn Abu Tolib masjidi atrofida Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.
Mirobod tumani:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi atrofida Yangi-Qo‘yliq – Fayziobod chorrahasi va 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar.
- Qo‘yliq ota masjidi atrofida THAY – Qo‘yliq ota chorrahasi va Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.
Sergeli tumani:
- Ma’ruf ota masjidi atrofida Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar.
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi atrofida Yangi Sergeli – S.Xo‘janov kesishmasidan S.Xo‘janov – Mohidil kesishmasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- Usmon bin Ma’zum masjidi atrofida KHAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY – Qushbegi chorrahasigacha.
- Yakkasaroy masjidi atrofida Sh.Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha.
- Rakat masjidi atrofida J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.
Yangihayot tumani: Niyozmat ota masjidi atrofida THAY – Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga qadar.
Shayxontohur tumani:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi atrofida Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha.
- Kamolon masjidi atrofida Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha.
Olmazor tumani:
- Hazrati Imom masjidi atrofida Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – A.Qodiriy chorrahasigacha.
- Islomobod masjidi atrofida KHAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi atrofida Sag‘bon – 12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha.
Yunusobod tumani: Mirza Yusuf masjidi atrofida Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.
Uchtepa tumani:
- Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi atrofida Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa chorrahasigacha.
- Hazrati Ali masjidi atrofida Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamahshari ko‘chasigacha.
Chilonzor tumani:
- Novza masjidi atrofida Bunyodkor – Muqumiy ko‘prigi tagidan Bunyodkor – Kamolon ko‘prigigacha.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi atrofida Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.
- Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi atrofida Al-Xorazmiy – Katta Xirmontepa chorrahasidan Al-Xorazmiy – Katta Qani chorrahasigacha.
«Ushbu hududlarda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. Fuqarolarni vaqtinchalik noqulayliklar uchun tushunish bilan yondashishga chaqiramiz», – deyiladi IIB xabarida.