
Muqaddas Ramazon oyi kechalarida tarovih namozi o‘qiladigan masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar 28-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha amal qiladi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Toshkent shahrining quyidagi tumanlarida transport harakati cheklanadi:
Mirzo Ulug‘bek tumani: Tepa masjidi atrofida Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.
Bektemir tumani: Alibek masjidi atrofida M.Avezov ko‘chasidan H.Boyqaro ko‘chasiga qadar.
Yashnobod tumani:
- Islom ota masjidi atrofida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.
- Ali ibn Abu Tolib masjidi atrofida Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.
Mirobod tumani:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi atrofida Yangi-Qo‘yliq – Fayziobod chorrahasi va 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar.
- Qo‘yliq ota masjidi atrofida THAY – Qo‘yliq ota chorrahasi va Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.
Sergeli tumani:
- Ma’ruf ota masjidi atrofida Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar.
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi atrofida Yangi Sergeli – S.Xo‘janov kesishmasidan S.Xo‘janov – Mohidil kesishmasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- Usmon bin Ma’zum masjidi atrofida KHAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY – Qushbegi chorrahasigacha.
- Yakkasaroy masjidi atrofida Sh.Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha.
- Rakat masjidi atrofida J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.
Yangihayot tumani: Niyozmat ota masjidi atrofida THAY – Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga qadar.
Shayxontohur tumani:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi atrofida Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha.
- Kamolon masjidi atrofida Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha.
Olmazor tumani:
- Hazrati Imom masjidi atrofida Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – A.Qodiriy chorrahasigacha.
- Islomobod masjidi atrofida KHAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi atrofida Sag‘bon – 12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha.
Yunusobod tumani: Mirza Yusuf masjidi atrofida Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.
Uchtepa tumani:
- Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi atrofida Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa chorrahasigacha.
- Hazrati Ali masjidi atrofida Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamahshari ko‘chasigacha.
Chilonzor tumani:
- Novza masjidi atrofida Bunyodkor – Muqumiy ko‘prigi tagidan Bunyodkor – Kamolon ko‘prigigacha.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi atrofida Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.
- Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi atrofida Al-Xorazmiy – Katta Xirmontepa chorrahasidan Al-Xorazmiy – Katta Qani chorrahasigacha.
«Ushbu hududlarda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. Fuqarolarni vaqtinchalik noqulayliklar uchun tushunish bilan yondashishga chaqiramiz», – deyiladi IIB xabarida.