Urganchda yoshlar texnoparki ochildi
eʼlon qilindi
Markazda robototexnika va mexatronika, 3D dasturlash va kompyuter savodxonligi yo‘nalishida darslar olib boriladi

26-fevral kuni Xorazm viloyatida Urganch yoshlar texnoparki ish faoliyatini boshladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Markazda robototexnika va mexatronika, 3D dasturlash va kompyuter savodxonligi yo‘nalishida darslar olib boriladi. Shuningdek, InnoX dasturi doirasida g‘oyalarni startap loyihalarga aylantirish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud.
Texnopark binosi 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, yoshlar o‘rtasida ilmiy faoliyatni ommalashtirishga yo‘naltirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan IT Park rezidentlarida qanday mutaxassislarga talab katta ekani haqida yozgandi.