Yangi Range Rover Sport ulovining xususiyatlari qanday

Range Rover yangi Range Rover Sport transport vositasini taqdim etdi. Modelning narxi salkam $150 mingni tashkil etadi.
Range Rover Sportning oʻlchamlari 4946 x 2209 x 1820 mm, gʻildirak bazasi esa 2997 mmni tashkil etadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, orqa chiroqlar «miltillovchi qizil koʻzlarga» oʻxshaydi.

Ichki makon quyuq granat bilan bezatilgan va yuqori sifatli pardozlash materiallariga ega. Model 22 dyumli gʻildiraklar, moslashuvchan kruiz-kontrol, yoʻlni ushlab turish boʻyicha yordamchi, qulay charm oʻrindiqlar va raqamli orqa koʻzgu oynasi bilan jihozlangan.
Kaput ostida turbo zaryadlangan 3,0 litrli dvigatelning ikkita 360 va 400 ot kuchidan iborat versiyalari mavjud. Yevropa bozoridagi narxi $146,5 mingdan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota yangi C-HR modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.