Yangiliklar

Buxoroda noqonuniy mayning ferma 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan

Foto: Bosh prokuratura

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida noqonuniy yo‘l bilan kriptovalyuta qazib oluvchi mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, fuqaro Sh.S.ga tegishli noturarjoy binosida 22 dona «Antminer L3+» rusumli qurilmalar yordamida noqonuniy mayning faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur noqonuniy faoliyat natijasida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Foto: Bosh prokuratura

Bundan tashqari, binoni ko‘zdan kechirish vaqtida elektr tarmog‘idan uzilgan holatdagi 4 dona «Whatspower P21» hamda 28 dona nosoz «Antminer L3+» qurilmalari ham aniqlanib, tegishli tartibda musodara qilindi. Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda mebel ustaxonasi noqonuniy mayning bilan shug‘ullangani haqida xabar bergan edi.