Avto

Chery yangilangan Arrizo 8 Pro sedanini taqdim etdi

Yangilangan Chery Arrizo 8 Pro
Chery yangilangan Arrizo 8 Pro sedanini taqdim etdi / Foto: Chery

Chery kompaniyasi Xitoy bozori uchun yangilangan Arrizo 8 Pro sedanini namoyish etdi. Yangi model tashqi va ichki dizayndagi o‘zgarishlar bilan ajralib turadi. Bu haqda AutoHome xabar berdi.

Dizayndagi yangiliklar

Chery Arrizo 8 ning tashqi qiyofasi sezilarli darajada o‘zgardi: sedan yangi chiroqlar, yangilangan bamperlar, qayta ishlangan kapot hamda o‘ziga xos radiator panjarasiga ega bo‘ldi. Endilikda panjara sakkizburchak shaklga ega.

Foto: Chery

Ichki qismdagi yangiliklar

Muhim o‘zgarishlardan biri – ilgari birlashtirilgan displey o‘rniga alohida ekranlarning qo‘llanilishi. Media tizim esa zamonaviy Snapdragon 8155 chipiga ega bo‘ldi. Rul avvalgidek saqlanib qolgan bo‘lsa-da, endi unda sensorli tugmalar mavjud. Bundan tashqari, eshik panellari va o‘rindiqlarning qoplamasi ham yuqori sifatli materiallar bilan yangilangan.

Foto: Chery

Texnik xususiyatlar

Arrizo 8 Pro dvigateli avvalgi model bilan bir xil bo‘lib qolmoqda:

  • 1,6 litrli turbo dvigatel – 197 ot kuchi,
  • 2,0 litrli turbo dvigatel – 254 ot kuchi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chery kompaniyasining sayohat uchun mo‘ljallangan miniven avtomobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.