
Samsung’ning yangi Galaxy S25, S25 Plus va S25 Ultra smartfonlari Janubiy Koreyada super xitga aylandi va 2019-yilda Galaxy Note 10 tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. O‘shanda kompaniya 25 kun ichida 1 mln smartfon sotgan bo‘lsa, Galaxy S25 seriyasi bu natijani 21 kun ichida qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
Xaridorlarning taxminan 50 foizi eng yuqori model – Galaxy S25 Ultra flagmanini tanlagan. Titanium White Silver va Titanium Silver Blue ranglari eng mashhur bo‘lib, Galaxy S25 va S25 Plus modellari orasida esa Silver Shadow va Ice Blue ranglari xaridorlar orasida eng ko‘p talabga ega bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy A56: kuchli batareya, 6 yillik yangilanish va ilg‘or xususiyatlar bilan taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.