Yangiliklar

O‘zbekiston davlat qarzi ilk bor $40 mlrddan oshdi

Foto: VitalikRadko / www.depositphotos.com

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat qarzi $40,2 mlrdni tashkil etmoqda. Bunda tashqi qarz $33,7 mlrd, ichki qarz esa $6,5 mlrd bo‘lib, umumiy davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbati 35 foizligicha qolgan. Shu bilan birga, tashqi qarzning YAIMga nisbati biroz oshib, 29,3 foizga yetdi.

Har bir o‘zbekistonlikka to‘g‘ri keladigan davlat qarzi ilk bor ming dollardan oshib, 1070 ga yetgani qayd etildi.

Qarz mablag‘lari qanday yo‘naltirilmoqda

Davlat qarzining asosiy qismi – $15,3 mlrd budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilgan. Energetika sektori uchun $5,7 mlrd qarz jalb qilingan.

O‘zbekistonga asosiy qarz beruvchi tashkilotlar Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bo‘lib, mos ravishda $7,64 mlrd va $7,41 mlrd qarz ajratgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mikroqarzlar xavfi oshgani, Markaziy bank yangi tartib joriy etayotgani haqida xabar bergan edi.