Yangiliklar

Prezident farmoni bilan Milliy statistika qo‘mitasi tashkil etildi

Foto: Torychemistry / wwww.depositphotos.com

O‘zbekistonda Statistika agentligi qayta tashkil etildi. U endilikda Milliy statistika qo‘mitasi sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqdagi farmonni prezident imzoladi.

Respublika statistika kengashi tashkil etildi. Bu kengash rasmiy statistikani yuritish tizimini rivojlantirish, muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahat organi bo‘lib xizmat qiladi.

2025 yil yakuniga qadar «Hududlar statistikasi» axborot tizimi ishga tushiriladi.

Biznesga yukni kamaytirish maqsadida statistik hisobotlarni qisqartirish va ularni boshqa tizimlar bilan integratsiyalash jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

Farmon bilan belgilangan asosiy yo‘nalishlar:

«Mahalladan – respublikagacha» tamoyili asosida statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimi joriy etiladi, bu esa ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

«Tahlilchi» sun’iy intellekt tizimi ishga tushiriladi, u foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez izlab topishda yordam beradi.

Milliy statistika qo‘mitasi tarkibida media markaz tashkil etiladi, u aholining statistik ma’lumot va tahlillarga bo‘lgan ehtiyojini tezkor hamda aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yanvar oyida benzin ishlab chiqarish hajmi necha foizni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.