«Qo‘lingizda kartalar yo‘q» – «Men karta o‘ynamayman» – Tramp va Zelenskiy o‘rtasida o‘zaro tortushuv bo’lgan.

Ukraina delegatsiyasi prezident Vladimir Zelenskiy boshchiligida Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib borish uchun Oq uyga kelgan edi. Biroq, delegatsiya muzokaralarni yakunlamasdan, binoni muddatidan oldin tark etdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Jurnalistlar oldidagi suhbat keskin tus oldi. Zelenskiy Trampdan Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralashni talab qildi.
Biroq, bunga javoban Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens Ukraina prezidentiga keskin tanbeh berib, Kiyevning eng muhim harbiy ittifoqchisi bilan munosabatlarini inqiroz darajasiga olib kelganini hurmatsizlik deb baholadi.
«Siz bunday holatda emassiz. Qo‘lingizda hech qanday karta yo‘q. Biz bilan bo‘lsangiz, kartalaringiz bo‘ladi», — dedi Tramp.
«Men karta o‘ynamayman. Men juda jiddiyman», — deya javob berdi Zelenskiy.
Tomonlar Ukraina hukumati va Oq uy ma’muriyati o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashga qaratilgan kamyob yer metallarini birgalikda qazib olish bo‘yicha bitimni imzolay olmadi.
«U bizning muqaddas Oval kabinetimizda Amerika Qo‘shma Shtatlariga hurmatsizlik ko‘rsatdi. U faqat tinchlikka tayyor bo‘lgandagina qaytib kelishi mumkin», — deb yozdi Tramp Truth Social tarmog‘ida uchrashuv yakunlari bo‘yicha.