Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga yangi bosh imom-xatiblar tayinlandi

eʼlon qilindi
Foto: O’zbekiston musulmonlar idorasi

28-fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Unda Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarining bosh imom-xatiblari lavozimidan ozod etilib, o‘rniga yangi vakillar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilib, «Hakim Termiziy» jome masjidi imom-xatibi lavozimida qoldirildi. Uning o‘rniga Rasuljon domla Abdullayev Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi etib tayinlandi. U avval Termiz shahri bosh imomi va «Manguzar» jome masjidi imom-xatibi lavozimida faoliyat yuritgan.

Samarqand viloyatida esa Ahmadxon qori Alimov yangi bosh imom-xatib bo‘ldi. U bungacha Toshkent shahar «Oltintepa» masjidi imom-xatibi lavozimida ishlagan. Bungacha vaqtinchalik viloyat bosh imom-xatibi vazifasini bajargan Yoqubjon domla Mansurov esa bosh imom-xatib o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Toshkent viloyatida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jasurbek domla Raupov o‘z ixtiyori bilan bosh imom-xatib lavozimidan ozod etilib, «Zangiota» jome masjidi imom-xatibi sifatida ishini davom ettiradi. Uning o‘rniga Doniyor domla Ikromov yangi bosh imom-xatib bo‘ldi. U avval Toshkent tumani bosh imomi va «Hasanboy ota» jome masjidi imom-xatibi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ushbu tayinlovlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tasdiqlandi. 28-fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Unda Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarining bosh imom-xatiblari lavozimidan ozod etilib, o‘rniga yangi vakillar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilib, «Hakim Termiziy» jome masjidi imom-xatibi lavozimida qoldirildi. Uning o‘rniga Rasuljon domla Abdullayev Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi etib tayinlandi. U avval Termiz shahri bosh imomi va «Manguzar» jome masjidi imom-xatibi lavozimida faoliyat yuritgan.

Samarqand viloyatida esa Ahmadxon qori Alimov yangi bosh imom-xatib bo‘ldi. U bungacha Toshkent shahar «Oltintepa» masjidi imom-xatibi lavozimida ishlagan. Bungacha vaqtinchalik viloyat bosh imom-xatibi vazifasini bajargan Yoqubjon domla Mansurov esa bosh imom-xatib o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Toshkent viloyatida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jasurbek domla Raupov o‘z ixtiyori bilan bosh imom-xatib lavozimidan ozod etilib, «Zangiota» jome masjidi imom-xatibi sifatida ishini davom ettiradi. Uning o‘rniga Doniyor domla Ikromov yangi bosh imom-xatib bo‘ldi. U avval Toshkent tumani bosh imomi va «Hasanboy ota» jome masjidi imom-xatibi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ushbu tayinlovlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tasdiqlandi.

Shuningdek