Xiaomi yupqa va kuchli Redmi Book Pro 2025 noutbuklarini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yangi Redmi Book Pro 2025 seriyasini taqdim etdi. Ular nafaqat kuchli va yupqa dizaynga ega, balki nisbatan arzon ham bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu haqda Gizmochina nashri malum qildi.

Yangi seriya ikkita modelni o‘z ichiga oladi – Redmi Book Pro 14 va Redmi Book Pro 16. Ikkalasi ham yuqori sifatli displeylarga ega: kichikroq model 2880×1800 piksel o‘lchamdagi ekran va 120 Gts chastotaga ega bo‘lsa, 16 dyuymli versiya 3072×1920 piksel ekran hamda 165 Gts yangilanish tezligini taqdim etadi.

Noutbuklar Intel Core Ultra 5 225H yoki Core Ultra 7 255H protsessorlari bilan jihozlangan bo‘lib, ularga 16 yoki 32 GB operativ xotira va 1 TB SSD hamroh bo‘ladi. Redmi Book Pro 14 80 Vt quvvatga ega batareyaga, Redmi Book Pro 16 esa 99 Vt batareyaga ega. Bundan tashqari, tezkor quvvatlash texnologiyasi mavjud – mos ravishda 100 Vt va 120 Vt.

Qurilmalar qalinligi bor-yo‘g‘i 15,9 mm bo‘lib, bu ulardagi yirik batareyalarni hisobga olganda juda yaxshi natija sanaladi. Shuningdek, Thunderbolt 4 portlari bilan jihozlangani ularning funksionalligini yanada oshiradi.

Narxlar:
Redmi Book Pro 14 – $785
Redmi Book Pro 16 – $895

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 Ultra’ning barcha xususiyatlari fosh bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek